Mastercard kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Moliya 16 Fevral 2024 1820

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Mastersard kompaniyasi rahbariyati ishtirokida o‘zaro qo‘shma memorandum doirasida muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda «Kiberxavfsizlik», «Raqamli infratuzilma va raqamli to‘lovlar» hamda «Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash» yo‘nalishlarida ishlab chiqilgan takliflar ijrosi yuzasidan ko‘riladigan navbatdagi qadamlar muhokama etildi.

    Xususan, ushbu yo‘nalishlarda Markaziy bank, Mastercard va tijorat banklari mutaxassislari bilan birgalikda qonunchilikni takomillashtirish, malaka oshirish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkillashtirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun yanada qulay xizmatlarni joriy etish borasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi belgilab olindi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.