Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Fargona” viloyati filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Hududgaz Fargona” gaz taʼminoti filialining Fargʻona shahar boʻlimi masʼul shaxslari “B.T.” xususiy korxonasining ohak ishlab chiqarish sexida oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasi koʻrsatkichiga tashqaridan aralashib oʻzgartirish kiritib foydalanilishiga sharoit yaratib berganliklari natijasida, davlat va jamiyat manfaatlariga 180 mln soʻm zarar yetkazilganligi hamda MCHJ rahbarining kafolat xatiga asosan tarmoqqa qayta ulanganligi haqida soxta dalolatnoma rasmiylashtirilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.