Byuroning tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish bois fuqaro fuqaro Fozilov Tursunboy farzandlari voyaga yetgunga qadar boʻlgan aliment mablagʻni bir yoʻla toʻlab berdi.
Boʻlim ish yurituvida Uchqoʻrgʻon tumanlararo sudining buyrugʻiga asosan qarzdor Fozilov Tursunboydan undiruvchi Tursunova Umida foydasiga ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Fuqaroga amaldagi qonunchilikda farzandi voyaga yetgunga qadar aliment mablagʻlarini toʻlashi yoki mol-mulk hadya qilish mumkinligi tushuntirildi.
Masʼuliyat va majburiyatni his etgan ota u bir yoʻla voyaga yetgunga qadar 4300 AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni toʻlab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.
Rahimjon Ismatullayev,
MIB Uchqoʻrgʻon tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari