Mamlakatimizda soʻz va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralikni mustahkamlash, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlashga qoʻshayotgan munosib hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qilish, yurtimizdagi yangilanish jarayonlari, erishilayotgan yutuqlarni keng targʻib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy jurnalistika yoʻnalishlari uchun yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Butayev Shoyim Primkulovich - “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi muharriri
Mirzayarov Uktam Xayrullayevich - “Guliston” va “Teatr” jurnallari boʻlim muharriri
Nuritdinov Xayrulla Bokidjonovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” teleradiokanali» davlat muassasasi direktori
“Doʻstlik” ordeni bilan
Alimbekova Jumakul Maulenovna - “Nurlы jol” gazetasi masʼul kotibi
Aripov Maxmudjon Musinovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” telekanali boʻlim katta muharriri
Axrorov Mirasror Mirabrorovich - “Ovozi tojik” gazetasining Fargʻona va Andijon viloyatlari boʻyicha muxbiri
Djunaydullayeva Ugiloy Inatullayevna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasiguruh muharriri
Yerejepov Baxitbay Kengesbayevich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Nukus teleradiomarkazi” filiali bosh ovoz rejissyori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Sadikov Xusanbori Mirganiyevich - “Mushtum” jurnali bosh rassomi
Shametov Baxtiyor Almetovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toshkent” teleradiokanali» davlat muassasasi guruh bosh rejissyori
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Kamilov Sardor Abduraximovich - “Milliy telekanal” masʼuliyati cheklangan jamiyatining bosh muharriri va prodyuseri
Omanov Muxiddin Sattarovich - “Oʻzbekiston nashriyoti” davlat unitar korxonasining bolalar va badiiy adabiyotlar tahririyati mudiri
Radjabov Dilshod Esanovich - “Muharrir” nashriyoti bosh muharriri
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Talipjanova Shafoat Manapovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” teleradiokanali» davlat muassasasi bosh muharririyati katta muharriri
Fayziyev Davron Axmedjanovich - Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media boʻlimi boshligʻi
“Shuhrat” medali bilan
Abdunazarov Ravshan Sattarovich - “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasining Surxondaryo radioteleuzatish markazi stansiya yetakchi muhandisi, Surxondaryo viloyati
Ajimuratov Azamat Lepesbayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining axborot boʻlimi boshligʻi
Arslonova Jamila Amirovna - Zangiota tumani “Istiqbol” gazetasi muxbiri, Toshkent viloyati
Axmedov Ibroxim Raximovich - “Grand” radiostansiyasi bosh muharriri va boshlovchisi
Axmedov Qobuljon Xoliqovich - “Mening yurtim” telekanali bosh direktori
Vohidov Jurʼat Samandarovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi montajchisi
Davletova Nozimaxon Eldarovna - Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
Joʻrayev Olim Ergashevich - Buxoro viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi
Ismailov Muzaffar Abdullayevich - “Daryo.uz” veb-sayti rahbari
Kaysarov Timur Adixamovich - “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati masʼul kotibi
Kenjayev Ruslan Alisherovich - “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharririning oʻrinbosari
Qosimova Norinisa Ergashevna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi
Madumarova Baxrinsa Toʻxtasin qizi - “Zamon.uz” veb-sayti bosh muharririning oʻrinbosari
Mazitov Abduraim Malikovich - “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi ishchisi
Mamirov Suyundik Maxammatovich - Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh mutaxassisi
Muminov Ergash Abdumigatovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbektelefilm” davlat muassasasi sahnalashtiruvchi kinorejissyori
Nasirova Irodaxon Xusanovna - “Zoʻr TV” telekanalining prodyuseri va boshlovchisi
Otaboyeva Gulnora Xosiljonovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi “Asr” studiyasi siyosiy sharhlovchisi
Rasulov Baxodir Baxtiyorovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” telekanali teleoperatori
Raximova Raʼno Mirfazilovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston” teleradiokanali» davlat muassasasi suxandoni
Raximxodjayev Zayniddin Xusniddinovich - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi yetakchi mutaxassisi
Rizayev Akbar Mansurovich - Oʻzbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi boshligʻi
Ruziyeva Fazila Muxtorovna - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining ixtisoslashgan fond va majburiy nusxalarni saqlash xizmati rahbari
Saidov Ikrom Tulyaganovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Maxsus avtokorxona” davlat muassasasi haydovchisi
Toshniyazova Gulmira Xusanovna - “Kun.uz” veb-saytining Toshkent shahri boʻyicha muxbiri
Umarov Dilshod Sodikovich - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo boʻylab” telekanali» davlat muassasasi efirga uzatish boʻlimi bosh rejissyori
Urinbayeva Sevara Kuchkaraliyevna - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Axborot xizmati rahbari – jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi
Xaitaxunov Shukur Djalilovich - Jalaquduq tumani “Jalaquduq hayoti” gazetasi muharriri, Andijon viloyati
Shodiyeva Lolajon Ozodovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” radiokanali rejissyorlar boʻlimi bosh rejissyori
Yaxshiboyeva Ozoda Abdujalolovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi guruh muharriri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev