Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa aʼzolari va trenerlari “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro tayyorgarilk 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan boʻlib, joriy yil 11-22-iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida oʻtkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan oʻziga xos sinov vazifasini bajarmoqda. Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir.
Natijalar bilan tanishing:
Axtamov Ozodbek Toʻlqinovich – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi - Kumush medal
Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi - Bronza medal
Gʻaffarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi - Bronza medal
Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning 11-sinf oʻquvchisi - Bronza medal
Zohidjonov Elbek Elmurod oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi - Bronza medal
Jaylovov Toʻlqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf oʻquvchisi - Bronza medal
Terma jamoamiz barcha aʼzolarining medallarni qoʻlga kiritayotgani yaxshi anʼanaga aylanmoqda, yaqindagina Antalyada oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasida Balkan matematika olimpiadasida ham 6 ishtirokchining barchasi medallarni (3 ta kumush, 3 ta bronza) qoʻlga kiritgan edi.