Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 7-yanvar kuni soat 01:30 larda Uychi tumanidagi Uchqoʻrgʻon-Uychi-Namangan yoʻlining 30 kmda 1981-yilda tugʻilgan uychilik fuqaro Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay yoʻlni kesib oʻtayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat boʻyicha Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.