«Uchrashuv davomida tajribamiz, yutuqlarimiz, motivatsiya va muvaffaqiyat sirlari bilan oʻrtoqlashdik. Shuningdek, madaniy, ijtimoiy va boshqa sohalarda tez-tez uchrayotgan, hali ham yechimini topmagan muammolarni koʻrib chiqdik.
Yurtimizda ana shunday samimiy, mehribon, matonatli, qatʼiyatli xotin-qizlar koʻpligidan xursandman. Ular oʻzlarini toʻlaqonli namoyon etib, maqsadlari yoʻlida dadil qadam qoʻymoqdalar. Muammolarni koʻtarishdan choʻchimaydigan, ularni hal etishga intilib, bugunimiz va kelajagimizni oʻzgartirishga hissa qoʻshayotgan har bir opa-singlimizga minnatdorlik bildiraman», deydi Saida Mirziyoyeva.