Unda rassomning 25 ta rangtasvir, 35 ta Buxoro “Abru-bahor” zamonaviy uslubidagi ishlari havola etildi.

Musavvirning Buxoro “Abru-bahor”-bahor yomgʻiri texnikasida ishlangan ishlari koʻpchilikni eʼtiboriga molik boʻlishi shaksiz. Ularni yuzaga keltirishda ijodkor oʻrta asrlar miniatyurasi, shuningdek, baʼzi qoʻlyozmalar sahifalarini bezashda qoʻllanilgan qadimiy texnitexnika ustida tinimsiz ishlaganligi ayon boʻladi.

Natijada oʻziga xos zamonaviy “abru-bahor” uslubini shakllantirishga muvaffaq boʻlgan.

Aralash boʻyoqlarning suvli aralashmasi maxsus qogʻozlarga shimdirilib, ajoyib fakturalar yuzaga keltiriladi va ular asarning zamini boʻlib xizmat qiladi. Bir qarashda joʻn koʻrinishga ega boʻlgan abru-bahor texnikasida ishlangan bunday asarlar tabiatining yengilligi, ranglarning borliqqa singib, gʻoyib boʻlishi bilan imperssionizm musavvirlari asarlarini, tasvirning evrilishi bilan syurrealizmni esga soladi.

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi axborot xizmati