“Andijon Guang Tong” MCHJ tomonidan o‘tgan yili tayyorlangan urug‘larni qadoqlash ishlari olib borilmoqda.

Viloyatning Oltinko‘l tumanida joylashgan Andijon massivida rahbar va mutaxassislar fermerlar bilan uchrashib, hozirgi kunda va kelgusida bajariladigan ishlar haqida gaplashildi, shuningdek, kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyatining Sherobod, Qumqo‘rg‘on, Bandixon, Muzrabot, Termiz tumanlaridagi inkubatoriyalarda urug‘larni jonlantirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Oltinsoy tumanidagi tutzorlar holati o‘rganildi.

Pilla urug‘lari 18 mart sanasida jonlantirishga olib kelingan va ikki kun davomida xona haroratida saqlandi.

 Hozirgi kunda xona harorati 22 gradusga teng. Urug‘larni jonlantirish davom etmoqda.