Kecha mazkur fuqarolarning dastlabki guruhi Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketgani haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 29-aprelda Toshkent-Inchon yo‘nalishidagi charter reysi orqali 63 nafar fuqarolarimiz Koreyaga yetib bordi.
Fuqarolarni Koreya Respublikasi Adliya vazirligi, Yanggu okrugi administratsiyasi va Agentlikning Kvangju shahridagi vakolatxonasi xodimlari kutib olib, aeroportdagi belgilangan qat'iy tartibdagi tekshiruvlardan o‘tishda amaliy yordam ko‘rsatdi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
Shuningdek, xabar oraqli yurtdoshlarimizning 14 kunlik majburiy karantinda saqlanishi ma’lum qilingan.