2025-yil 15-iyungacha Tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan hududlarda, 2025-yil yakunigacha qolgan hududlarda aholi “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda tibbiyot brigadalariga biriktiriladi.
Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik oʻzgarishlar” dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, 2025-yil 1-iyundan Dastur doirasida qisqa muddatda tibbiyot muassasalarida aholi uchun qulay sharoitlar maqsadida quyidagilar yoʻlga qoʻyiladi, jumladan:
- tibbiyot muassasalarida kutish zallari tashkil qilinib, oʻrindiqlar bilan taʼminlanadi;
- aholi, bemorlar, nogironlar harakatlanishi uchun qulayliklar yaratiladi;
- “Ona va bola” xonalari tashkil qilinadi, xonalar va yoʻlaklar tejamkor zamonaviy yoritish qurilmalari bilan jihozlanadi.