Maxsus koʻrgazmali devoriy lavha tayyorlandi

    Maʼlumki, Fransiyadagi Luvr muzeyida “Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” nomli koʻrgazma davom etyapti.

    Oʻzbekistonning Luvr muzeyidagi ushbu keng miqyosli koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekiston va Yevropa hududida sodir boʻlgan zalvarli tarixiy voqealarni qulay va qiyosiy tarzda yaqqol gavdalantirish maqsadida davrlar solnomasi aks ettirilgan maxsus koʻrgazmali devoriy lavha tayyorlandi.

    Koʻrgazmaning bosh ilmiy muhofizi Rokko Rante tomonidan Oʻzbekiston va Luvr turli muzey osori atiqalarining sanalariga ishora etish orqali yaratilgan devoriy lavha, koʻrgazma qamrab oluvchi davrlarda mamlakatimiz va Yevropa hududida qanday tarixiy voqealar sodir boʻlganini toʻlaqonli aks ettirib turadi.