Rossiya va Qozogʻiston tomoni bilan kelishuvga muvofiq 14-sentyabrda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi 938 nafar yurtdoshlarimiz bilan “Kinel” stansiyasidan Oʻzbekistonga joʻnagan edi.
Mazkur poyezd ayni damda Toshkent Janubiy vokzaliga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.