Bugun ham dam olish kuni, boz ustiga yomgʻir yogʻib turgan noqulay ob-havo sharoiti boʻlishiga qaramay, poytaxtimizning Chilonzor tumani «Maxsustrans» korxonasi ishchilari tinim bilmay mehnat qilishda davom etyapti.

Erta tongdan 11 ta texnika koʻp qavatli uylar hududidagi chiqindi yigʻish punktlarida toʻplangan chiqindilarni, yerli mahallalarda yigʻilgan chiqindilarni va markaziy koʻchalarda toʻplangan chiqindilarni olib tashib ketish uchun yoʻnaltirildi.

Bugun tumandagi Xontoʻpi, Katta Doʻmbirobod, Mevazor, 1-Charx Komolon, Beshqoʻrgʻon, Tirsakobod kabi yirik mahallalar hududidagi va markaziy koʻchalardagi chiqindilar tashib chiqib ketildi.

Maʼlumot uchun aytish joizki, kecha tuman mahallalarida va katta koʻchalarda oʻtkazilgan hashar natijasida yigʻilgan 197 tonna chiqindi Chilonzor tuman «Maxsustrans» korxonasi ishchilari tomonidan tashib chiqarib ketildi.

Tumanimiz tozaligi uchun shunday yomgʻirli kunlarda ham oʻz ishini davom ettirayotgan ozodaligimiz posbonlariga minnatdorlik bildirib qolamiz, deb xabar beradi Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati.