Qayd etilishicha, “Oʻzbekkosmos“ agentligining ishga tushirgan monitoring portali maʼlumotlariga koʻra, agentlik may oyining oxiridan dala yongʻinlarini sunʼiy yoʻldoshlar orqali kuzatishni boshlaganidan buyon yonish qayd etilgan maydon 14,5 ming gektardan oshgan.
Gʻalladan boʻshagan yerlar asosan Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida gʻalladan boʻshagan yerlar yoqib yuborilmoqda.
- Andijon viloyati — 573 ta,
- Surxondaryo viloyati — 275 ta,
- Toshkent viloyati — 230 ta.
Monitoring maʼlumotlariga koʻra, yoz boshidan beri yongʻinlar sonida barqaror oʻsish kuzatilmoqda. 3-iyunning oʻzida 21 ta holat qayd etilgan, ikkinchi sakrash 11-iyun kuni sodir boʻlgan — oʻshanda bir kunda 53 ta yongʻin qayd etilgan. Oyning ikkinchi yarmida oʻsish tezlashgan: 23 va 24-iyunda mos ravishda 81 va 88 ta yongʻin qayd etilgan, 28-iyunda — 140 ta, 30-iyunda — 136 ta.
Eslatib oʻtamiz avvalroq, agentlik odamlarga fotosuratlar va joylashuv maʼlumotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish orqali yangi yongʻin zonalari haqida xabar berish imkonini beruvchi Telegram botini ishga tushirgandi.









