Suares asli kubalik AQSH fuqarosi, u 45 yoshda. 2017-yilda u Mayami shahri rahbari etib saylangan, 2021-yilda u yangi muddatga qayta saylangan.
Avvalroq Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp, Florida gubernatori Ron Desantis, sobiq vitse-prezident Mayk Pens, Janubiy Karolina senatori Tim Skott, AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli, shuningdek, Shimoliy Dakota gubernatori Dug Bergam va Nyu-Jersi sobiq gubernatori Kris Kristi Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlik uchun kurashish niyati haqida ma'lum qilishgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.