ABC News bu haqda Mayami-Deyd okrugi hokimi Daniella Levin Kava xabar qilganini ma’lum qildi.

“Puerto-Rikodan yo‘lga chiqqan Amazon Air yuk samolyoti Mayami xalqaro aeroportida uchish-qonish yo‘lagidan chiqib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi va yana besh kishi jarohat oldi”, dedi u matbuot anjumanida.

Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) hodisa sababini tekshiradi, deb xabar berdi report.az.