Qatarda davom etayotgan futbol boʻyicha jahon chempionatida bugun navbatdagi bahslar boʻlib oʻtadi. Shunisi qiziqki, 3-tur doirasidagi Kosta-Rika – Germaniya bellashuvini chempionatlar tarixida birinchi marta ayol hakam – fransiyalik Stefani Frappar boshqaradi.

Unga qanotlarda braziliyalik Neuza Bek va meksikalik Karen Dias Medina yordam beradi. Toʻrtinchi hakam vazifasini honduraslik Said Martines bajaradi.

Frappar chempionatning birinchi turidagi Meksika – Polsha bahsida toʻrtinchi hakam vazifasini bajargan.