Roʻyxatning boshidan afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan joy olgan. Uning daromadi 3,3 milliard dollarni tashkil etgan. Golfchi Tayger Vuds 2,5 milliard dollar daromad bilan roʻyxatning ikkinchi pagʻonasini band etgan.
Kuchli uchlikni yana bir golf ustasi Arnold Palmer (1,7 milliard dollar) yakunlagan. Keyingi oʻrinlar quyidagi koʻrinishga ega:
Jek Niklaus (golf) –1,63 mlrd dollar
Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,58 mlrd. dollar
Lebron Jeyms (basketbol)– 1,53 mlrd. dollar
Lionel Messi (futbol) – 1,48 mlrd. dollar
Floyd Meyvezer (boks) – 1,41 mlrd. dollar
Rojer Federer (tennis) – 1,38 mlrd. dollar
Fil Mikelson (golf) – 1,36 mlrd. dollar
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, jurnal sportchilarning daromadini aniqlashda sportchilik va keyingi davrdagi ish haqi, bonuslar, pul mukofotlari, kitob nashr qilish boʻyicha bitimlar va gonorarlar, shuningdek, homiylik qiluvchi kompaniyalarning aksiyadorlik ulushlaridan olingan mablagʻlarni hisobga olgan.