Maymun chechagi aniqlangan mamlaktlar soni 103 taga yetdi — JSST

    Salomatlik 5 Noyabr 2022 900

    Eng yomoni, ulardan 36 nafari infeksiya oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

    Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida dunyoda maymun chechagi infeksiyasining tarqalish koʻlami va bemorlar soni haqida maʼlumot berildi.

    Unga koʻra, epidemiya boshlangandan buyon mazkur kasallik roʻyxatga olingan mamlakatlar soni 103 taga yetdi. Jami 77,2 ming nafardan ziyod bemorlarga xastalik tashxisi qoʻyildi. Eng yomoni, ulardan 36 nafari infeksiya oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

    Maymun chechagini yuqtirgan eng koʻp bemorlar AQSH, Braziliya, Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kolumbiya, Peru, Meksika va Kanadada aniqlangan.

    Shunga qaramay, JSST mazkur epidemiyaga qarshi kurashda maʼlum yutuqlarga erishilganini bayon etdi. Jumladan, soʻnggi oyda kasallikning tarqalish surʼati birmuncha pasaygani ijobiy holat. Biroq vaziyat toʻliq izga tushmagunicha xotirjamlikka berilib boʻlmaydi.