Modulli to'plamlar LightMix deb nomlandi. Ular virusning tarqalishini baholash va jamoatchilik sog'lig'ini saqlashda davolash, vaksinalar va chora-tadbirlarning ta'sirini kuzatishga yordam beradi, deyiladi hujjatda.  

Qayd etilishicha, test-tizimlardan biri ortopoksviruslarni aniqlaydi. Ya'ni maymun chechagi ham ana shu turkumga mansub. Ikkinchisi faqat maymun chechagini, uchinchisi esa yuqorida nomlari keltirilgan barcha virsularni bir vaqtning o'zida aniqlaydi.  

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga qarganda, shu kungacha 131 kishida maymun chechagi aniqlangan. Infeksiyani yuqtirish bilan bog'liq eng ko'p holat Ispaniya, Portugaliya hamda Buyuk Britaniyada qayd etilgan, deyiladi lenta.ru saytida.