Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent tumani boʻlimlari, viloyat IIBB va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. tumandagi “A.Navoiy” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida 3 ta toʻplamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, qonunga xilof ravishda mayning kripto-aktivlari faoliyati bilan shugʻullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 190,4 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.