Darslar Vladivostok, Ussuriysk, Artem shaharlari, Xasanskiy va Nadejdinskiy rayonlari maktablarida toʻxtatilgan, deb xabar beradi yongʻinga qarshi kurash, fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlardan himoya qilish boʻyicha hududiy davlat muassasalari.
“Maysak” toʻfoni tufayli kelib chiqqan dovul Primoryega yaqinlashib kelayotgani, u Koreya yarim oroli ustida Xitoyga qarab burilishi haqida avval xabar berilgandi.
Petr Velikiy koʻrfazi burunida boʻronning tezligi daqiqasiga 38 metrgacha kuchayishi kutilyapti. Toʻlqinlar esa 5 metr balandlikkacha, sharqiy sohillarda esa 7 metrgacha koʻtarilishi mumkin, deb xabar beradi RIA Novosti.