Respublika Markaziy saylov komissiyasining xabar berishicha, saylov natijalariga ko'ra Sandu 41,92 foiz ovoz olgan. Ikkinchi o'rinni 26,35 foiz ovoz bilan gagauziyalik, Sotsialistlar partiyasidan nomzod, Moldova bosh prokurori lavozimidan chetlashtirilgan Aleksandr Stoyanoglo egalladi.
Hech bir nomzod 50 foizdan ortiq ovoz ololmagani uchun mamlakatda saylovning ikkinchi turi e'lon qilinadi, unda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan nomzodlar ishtirok etadi. Ikkinchi tur 3-noyabr kuni bo'lib o'tadi, deb xabar beradi lenta.ru.
20 oktabr, yakshanba kuni prezidentlik saylovidan tashqari, shu kuni referendum bo'lib o'tdi, unda fuqarolar Moldova Respublikasining Yevropa Ittifoqiga kirishini qo'llab-quvvatlaysizmi, degan savol yuzasidan referendumda ishtirok etishdi. Saylov ham, referendum ham bo'lib o'tgan deb tan olindi.
Moldpres.md saytining xabar berishicha, 98,42 foiz bayonnomalar ko'rib chiqilgach, Moldova Respublikasining Yevropa Ittifoqiga qo'shilishi bo'yicha o'tkazilgan referendumida fuqarolarning 50,08 foizi “Ha”, 49,92 foizi “Yo'q” variantini belgilagani ma'lum bo'ldi.