Namangan viloyat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasining CHortoq tuman jamiyatiga 2020 yil avgust oyida “Matkarim Aziz” oilaviy korxonasi rahbari M.A. murojaat qildi.
Murojaatda qayd etilishicha, “Matkarim Aziz” oilaviy korxonasi rahbari M.A. “BESTON PLAY” MCHJ rahbari S.A bilan 2019 yil 3 iyun` kuni 393 192 000 so'mlik attraktsion etkazib berish to'g'risida shartnoma imzolagan. Lekin buyurtma qabul qiluvchi shu kunga qadar shartnomada ko'rsatilgan arg'imchoqlarni etkazib bermagan.
Mazkur murojaat CHortoq tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi va “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi qonunlariga asosan o'rganib chiqildi. Natijada “BESTON PLAY” MCHJning 393 192 000 so'mlik attraktsionlarni “Matkarim Aziz” oilaviy korxonasiga etkazib berishiga erishildi.
O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati