MCHJning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilinadi

    2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish toʻxtatiladi.

    Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi

    Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:

    — masʼuliyati cheklangan jamiyatlar;
    — aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan koʻp aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarida ichki auditni tashkil etish;

    — MCHJning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
    — MCHJning vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
    — MCHJda zaxira jamgʻarmasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.

    2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish toʻxtatiladi.

    2023-yil 1-apreldan:

    — MCHJ ustav fondiga qoʻshiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan koʻp pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas;
    — yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga oʻtgan hisoblanadi.

    2023-yil 1-iyuldan xoʻjalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda toʻlovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da eʼlon qilinadi.