Uning og'irligi 16,5 kilogramm. Ixcham elektr skuter yarmiga buklanadi, bu esa uni olib yurishni osonlashtiradi. Katta hajmli, keng shinalar harakatlanganda notekisliklarni u qadar sezdirmaydi. Batareya bir marotaba to'liq quvvatlantirilgach, deyarli 50 kilometr masofani bosib o'tish imkoniyatiga ega.
Yuqori qismdagi rul yuqori samaradorlikka ega uchburchak chiroq bilan jihozlangan. Innovatsion Lavoie yoritish tizimi haydovchilarning kechasi xavfsiz harakatlanishini ta'minlaydi. Series 1 egalari skuterning joylashuvini kuzata oladigan va u yo'qolib qolsa, signalni faollashtira oladigan ilovaga ega bo'ladi.
Skuter haqidagi batafsil ma'lumot, shu jumladan, uning narxi, ishlab chiqaruvchi tomonidan yaqin kelajakda e'lon qilinadi.