S.Lebedev 2021-yil 29-30-sentyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.

Uchrashuvda tomonlar MDH doirasidagi hamkorlik hamda xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, shuningdek, boʻlajak koʻp tomonlama tadbirlar jadvalini koʻrib chiqdilar.

Shuningdek, MDH davlat rahbarlari Kengashining boʻlajak yigʻilishiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.