V.Norov Hamdoʻstlik xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish uchun zarur platforma boʻlgani va boʻlib qolayotganini taʼkidladi.
Tomonlarning Hamdoʻstlik doirasida oʻzaro manfaatli sohalarda faol hamkorlik qilishga tayyorligi tasdiqlandi.
Boʻlajak tadbirlarning turli jihatlari, jumladan, MDH tashqi ishlar vazirligining navbatdagi majlisini Oʻzbekistonda oʻtkazish masalalari muhokama etildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
MDH ijroiya qoʻmitasi raisiga Oʻzbekistonda Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning muhokamasi, ushbu islohotlarning ustuvor yoʻnalishi inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni va qadr-qimmati, ajralmas huquq va manfaatlari ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.