Nashrda taʼkidlanganidek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Bosh kotibi Sergey Lebedev Oʻzbekistondagi referendum jarayonini kuzatish maqsadida Tashkilot kuzatuvchilari guruhi 12-apreldan Toshkentda oʻz ishini boshlashini maʼlum qildi.
“Biz Oʻzbekiston tomoni bilan mamlakatda missiyani ochish va missiya shtab-kvartirasi ishini 12-aprel kuni boshlashga kelishib oldik”, deya Sergey Lebedev soʻzlari iqtibos keltiradi “Fars News” AA.
Materilda, shuningdek, 50 kishilik missiya tarkibidan Hamdoʻstlikdagi referendumlar jarayonini kuzatishda katta tajribaga ega Markaziy saylov komissiyalari aʼzolari va raislari, diplomatlar hamda Ijroiya qoʻmitasi xodimlari oʻrin olishi qayd etilgan.
“Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha referendum 30-aprel kuni boʻlib oʻtadi”, deb yozadi “Fars News”.