MDH mamlakatlari hukumat rahbarlari hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qiladi

    Shu haftada Moskvada boʻlib oʻtadigan MDH mamlakatlari hukumat rahbarlarining majlisida Gʻarb sanksiyalari sharoitida hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning savdo-iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

    Bu haqda RF Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

    Rossiya Federatsiyasi raisligida boʻlib oʻtadigan MDH hukumat rahbarlari kengashi majlisida Gʻarb mamlakatlari tomonidan qoʻllanilgan sanksiya cheklovlari sharoitida MDHga aʼzo davlatlarning savdo-iqtisodiy hamkorligini hamda madaniy-gumanitar aloqalarini yanada chuqurlashtirish masalalari koʻrib chiqiladi, — deyiladi RF Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabarida.

    Unda aytilishicha, Rossiya 2024-yilda Hamdoʻstlikka raislik qilmoqda. Moskva raisligida 150 dan ortiq tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.