Salkam 2 gektar yer maydonida qurilgan mazkur fabrikaning yillik ishlab chiqarish quvvati 1000 dan ortiq, loyiha qiymati esa amalda 3,5 million dollarni tashkil etadi. Ichki bozorga sotish hamda qo'shni davlatlarga eksportni amalga oshirish ishlari reja qilingan. Shuningdek, joriy yilda korxona tomonidan byudjetga 1,9 milliard so'm soliq va boshqa yig'imlar tushishi kutilmoqda.
Rasmiy manbalarga tayanib xabar qilinganidek, Toshkent viloyatida 397 ta mebelsozlik sanoati mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo'lib, ular tomonidan asosan yog'och, plastmassa, temir va qamishdan, novdadan, bambukdan, yoki shu kabi materiallardan tayyorlangan mebel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda viloyatda mebel sanoatida 1,5 mingdan ortiq kishi band qilingan.
Viloyatdagi mebel ishlab chiqaruvchi eksportyorlar tomonidan 36 xil mahsulot dunyoning 7 ta davlatiga sotilmoqda. Eksport geografiyasi yanada kengayib, Germaniya va Niderlandiya davlatlariga ham eksport qilinmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, 2021 yilda 35 ta korxona tomonidan 1,7 mln. dollar eksport amalga oshirilib, 2020 yilga nisbatan 154,5 foizga bajarildi. Ya'ni, mebel eksportining asosiy ulushi Toshkent viloyatining O'rta Chirchiq, Zangiota, Toshkent tumanlariga to'g'ri kelmoqda.
2022 yil investitsiya dasturi doirasida mebelsozlik sanoati yo'nalishi bo'yicha umumiy qiymati 604,5 mlrd. so'mlik investitsiya mablag'lari o'zlashtirishi, natijada 881 nafar yangi ish o'rinlari yaratilishi mo'ljallangan. Shunga yarasha, eksport hajmlarini kengaytirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar turini bosqichma-bosqich ko'paytirishga harakat qilinmoqda.