Xonqadagi 10 gektar yerda “Mebelchilik zonasi” tashkil etildi, 5 ta mahalladagi mebelchilar ushbu zonaga koʻchib oʻtdi. Bu yerda ustoz-shogird amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha 3 qavatli oʻquv binosi ham qurildi.

Mebelchilik maktabi uchun xorijdan dizayner, marketolog, injener-texnolog olib kelish topshirildi.

Mebel korxonalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular uchun chetdan yogʻoch va yogʻoch materiallarini markazlashgan holda olib kelish yoʻlga qoʻyiladi.

Viloyatda yiliga 16 ming yangi oila paydo boʻlayapti, 7 mingdan ziyod xonadon qurilayapti, yana shunchasi taʼmirdan chiqarilayapti. Shu munosabat bilan mahalliy mebelchilarni yangi qurilayotgan uy egalari va developerlar bilan bogʻlaydigan tizim yaratiladi.