Jumladan, para suzishning S8 klassida 100 metrga chalqancha usulda suzish boʼyicha erkaklar oʼrtasida Аzizbek Boynazarov 01:21:39 daqiqa natija bilan marraga birinchi boʼlib yetib keldi va oltin medalga sazovor boʼldi.
Para pauerlifting boʼyicha erkaklar oʼrtasida -65 kg vazn toifasida Sherali Аhmedov 138 kg toshni boʼysundirdi va oltin medalni qoʼlga kiritdi.
Shu tariqa Oʼzbekiston delegatsiyasi yoshlar oʼrtasidagi Para Osiyo oʼyinlarini 11 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza, jami 18 ta medal bilan yakunladi.
Ma'lumot o'rnida: Sportchilarimiz 9-dekabr kuni Oʼzbekistonga qaytib keladi.