Qonun (OʻRQ–1089-son, 17.10.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Qonunga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi nizolarni samarali va tezkor ravishda hal etishga, mediatsiya tartib-taomillarining hamma joyda qoʻllanilishini ragʻbatlantirish orqali sudlardagi yuklamani maqbullashtirish belgilangan.
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan koʻrib chiqiladi.
Mediativ kelshuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:
- mediativ kelishuv qonunchilikka zid boʻlsa;
- mediativ kelishuvning ijro etilishi talab qilinayotgan shartlari oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa;
- mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar toʻliq bajarilgan boʻlsa;
- mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa, bundan oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno.
Mediator tomonidan mediatsiya toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi unga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladi.