Mehmonlar Toshkent shahridagi “UEnter” Innovatsion tadbirkorlik markazi faoliyati bilan ham tanishdi

    Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yolning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi “UEnter” Innovatsion tadbirkorlik markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

    Oʻzbekiston - Koreya Innovatsion kelajak yoshlari bilan suhbatda Oʻzbekiston tomoni Koreya Respublikasini muhim hamkor, ishonchli doʻst hamda strategik sherik sifatida eʼtirof etishini, Oliy darajadagi yaqin va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

    Koreya xalqaro hamkorlik agentligi va Koreya axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish agentligining qoʻllab-quvvatlovi bilan tashkil etilgan “UEnter” Innovatsion tadbirkorlik markazi Janubiy Koreyaning ilgʻor tajribasi asosida oʻzbekistonlik yosh tadbirkorlarga oʻz biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun har tomonlama koʻmak berishga moʻljallangan.

    Koreya Prezidenti Markazning faxriy mehmonlar kitobiga oʻzining samimiy dil soʻzlarini yozib qoldirdi.