Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahar, Soʻgʻdiyona mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan “Dobusya Samarqand Aqualand” MCHJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, ushbu tadbirkorlik subyektiga tegishli mehmonxonada yashirincha oʻrnatilgan oʻchirgich orqali elektr hisoblash tizimiga tashqi taʼsir koʻrsatilganligi maʼlum boʻldi. Natijada isteʼmolchiga 16,9 mln kV⋅soat hisobga olinmagan elektr energiyasi boʻyicha 7,6 mlrd soʻm miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 85 mingta xonadonning bir oylik isteʼmolini tashkil qiladi.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.