8-30-mart kunlari – uch kunlik davrdagi yuklama respublika boʻyicha 70,8 foizdan ortiq.
Toshkent shahrida 83,6 foiz, Samarqandda 62,3 foiz, Qoraqalpogʻistonda 93,9 foiz, Xorazmda 56,3 foiz, Buxoroda 46 foizni tashkil etdi.
Bu juda yaxshi koʻrsatkichlar boʻlib, turizm industriyasining oʻsishidan, mehmonxona biznesi uchun esa rentabellikning tez tiklanishidan darak beradi.Maʼlumot uchun, 2017-yilda mehmonxonalarning bandlik darajasi 39,3 foizni, 2019-yilda – 53,1 foizni, pandemiyaning oʻtkir davrida – 22,1 foizni, oʻtgan yili bandlik koʻrsatkichi 36,3 foizni tashkil etgan edi.2019-2022-yillarda Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar sonining qiyosiy tahlili sezilarli tiklanish dinamikasini koʻrsatmoqda, garchi 2022-yilda u atigi 15 foizga ortda qolgan boʻlsada, bu yerda xonalar soni 2019-yilga nisbatan 26147 oʻrindan 33411 taginolarida istiqomat qilgan Oʻzbekiston mehmonlari orasida mahalliy sayyohlar va mamlakat fuqarolaridan tashqari rossiyaliklar – 23,4 foiz, qozogʻistonliklar – 18,9 foiz, tojikistonliklar – 14,4 foiz, turkiyaliklar – 7,7 foizni tashkil etdi.
Mehmonxonalarda yashovchi barcha xorijliklar: qirgʻizistonliklar – 6,3 foiz, belarusliklar – 4,6 foiz, xitoyliklar – 3,2 foiz, fransiyaliklar – 1,7 foiz.
Ayni paytda Oʻzbekiston chet el sayyohlari uchun toʻliq ochiq. Bu borada barcha cheklovlar olib tashlandi. Oʻzbekistonda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda va yuqoridagi raqamlar 2022-yil oxiriga kelib 4,5 million nafargacha xorijiy sayyohlar mamlakatimizga kirib kelishini koʻrsatmoqda.