Maʼlum boʻlishicha, murojaatchi haqiqatan ham 1990–2015-yilgacha Zomin tumanida ijtimoiy xodim vazifasida faoliyat yuritgan. Lekin mehnat daftarchasini yoʻqotgani sababli Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Zomin tumani boʻlimining qarori bilan unga pensiya tayinlash rad etilgan.
Hududiy vakil tomonidan fuqaro D.T.ning Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Zomin tumani boʻlimida arxiv hujjatlari oʻrganilib, uning haqiqatan ham ishlagani aniqlandi va “Buyruqlar kitobi”dan koʻchirmalar olindi.
Shundan soʻng ombudsman tomonidan fuqaro D.T.ning manfaatida sudga ishlaganlik faktini belgilash yuzasidan ariza kiritildi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Zarbdor tumanlararo sudining tegishli hal qiluv qarori bilan ombudsmanning arizasi qanoatlantirilib, fuqaro D.T.ning 1990-yil 1-oktyabrdan 2015-yil 14-maygacha ishlaganlik fakti belgilab berildi.
Sudning mazkur qaroriga asosan fuqaro D.T.ga pensiya tayinlandi.