Bahavo havosi, tiniq buloq va soylari, yashil olami, goʻzal gulzorlariga bir bor qadam qoʻyib muattar gul iforlaridan dilingiz yayraydi. Bu aziz va muqaddas maskanda ulugʻ ajdodlarimiz hayot kechirishgan va avlodlarga oʻlmas asarlarni meros qilib qoldirib ketishgan. Hazrati Huvaydo bobomiz ziyoratgohi bu yerda salobat toʻkib turadi. Mustaqillik yillarida birinchi Prezidentimiz tomonidan Huvaydo bobo ziyoratgohida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Milliy oʻymakorlik sanʼati asosida goʻzal majmua bunyod etildi. Bugungi kunda mazkur ziyoratgoh uzoq yaqindan kelgan ziyoratchilar bilan gavjum. Bu yerning tabiati, yashil olami unga qadam ranjiyda qilgan kishilarning baxru dilini ochadi. Qalbiga hotirjamlik va sokinlik olib kiradi.
Honqiz qishlogʻi nafaqat tabiat manzaralari balki mehnatsevar, mirishkor dehqonlari bilan ajralib turadi. Honqizliklar yerni sevib, bir parcha tomorqasidan ham samarali foydalanib, yuqori daromad olib, oilasi farovonligini oshirib bormoqda.
Qishloqning “Oq oltin” mahalla fuqarolar yigʻini “Jayhun” koʻchasi 104-uyda yashovchi Hudoyberdi Tursunqulov ham oʻz tomorqasidagi 2 yarim soat yer maydonida issiqxona tashkil etib unda bodiring, pomidor yetishtirib kelmoqda.
-Yiliga shu yerimizdan ikki bor hosil olamiz,-deydi Hudoyberdi aka biz bilan suhbatda. Yiliga 10 million soʻm daromad olyapmiz. Shukur hayotimiz farovon boʻlib, umrimiz mazmunga toʻlib bormoqda. Zamonaviy mashina, uy joylarimiz bor deb shukronalik soʻzlarini bildirdi suhbatdoshimiz.
Darhaqiqat Honqizliklarning suyagi mehnatda qotgan desak aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Oq oltin mahallasida yashovchi yana bir hamyurtimiz Roʻzaliota Toʻychiboyev 80 yoshga kirganiga qaramay qoʻlidan ketmonini qoʻymaydi. Tomorqasidagi sabzovot ekinlarini parvarishlab, tokzorlar oralab hayotini halol mehnatda oʻtkazmoqda.
Otaxonni aytishichi qishloq hududidagi 2 gektar yerni olib, u yerda goʻzal bogʻu rogʻlarni yaratibdi.-Avval bu yerlar shoʻr yerlar boʻlib, ekinlarni rivojlanib ketishiga koʻpchilik ishonmasdi. Mehnat qildik, suv olib keldik endi esa bu yerda oʻrikzoru, shaftolizorlar yashnab yotibdi. 140 tup oʻrik, 70 tup shaftoli daraxtlari mevalar toʻkib, hosillari koʻzni yashnatmoqda.
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Fargʻona viloyat va Fargʻona tuman kengashi xodimlari Xon qiz qishlogʻining ana shunday mehnatsevar, bagʻri keng insonlari bilan suhbatlashishar ekan, ularning shijoati va mehnatiga tasannolar aytishdi.
Fotima Oʻktamova,
Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Fargʻona viloyat kengashi matbuot xodimi.