Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga o'zbekistonlik mehnat migrantlaridan turli masalalarda murojaatlar kelib tushmoqda.

Shunday murojaatlarning birida yurtdoshlarimiz hujjatlarini ish beruvchidan olib berishni so'ragan.

Aniqlanishicha, ular Samara viloyatida joylashgan “Skorpion” tashkilotida ishlash jarayonida ish beruvchi tomonidan 5 oy davomida pasportlari olib qo'yilib, berilmagan. Shuningdek, ish beruvchi yurtdoshlarimizni qarzdor qilib qo'ygan.

Mehnat migrantlarining hujjatlarini olib berish maqsadida vakolatxona xodimlari Pesochnoe tumani politsiya bo'limi bilan aloqa o'rnatgan. Natijada fuqarolarning pasporti, patenti va migratsion kartasi politsiya xodimlari hamkorligida olib berildi.