Mehnat taʼtili olib kelgan 39 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga joʻnab ketdi

    Ijtimoiy hayot 12 Mart 2021 2039

    Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat taʼtili olib Oʻzbekistonga kelgan, biroq pandemiya sababli ish joyiga qaytib keta olmayotgan fuqarolarning mazkur davlatdagi oʻz ish joylariga yuborishga koʻmaklashilmoqda.

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat taʼtili olib Oʻzbekistonga kelgan, biroq pandemiya sababli ish joyiga qaytib keta olmayotgan fuqarolarning mazkur davlatdagi oʻz ish joylariga yuborishga koʻmaklashilmoqda.

    Ana shunday fuqarolardan yana 39 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan Koreya Respublikasiga uchib ketdi.

    Shuni alohida taʼkidlash joiz, pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun karantin joyi tasdiqlangan va ruxsat berilgan fuqarolargina ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib bormoqda.

    Eslatib oʻtamiz, joriy yilda ana shunday fuqarolardan 14-yanvarda 3 nafari, 20-yanvarda 2 nafari, 29-yanvarda 9 nafari, 3-fevralda 6 nafari, 11-fevralda 23 nafari, 17-fevralda, 10 nafari, 25-fevralda, 48 nafari joʻnab ketgan edi.