Mehnat va kurashda toblangan hayot manzaralari

    Tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarovning yangi xotira kitobi nashrdan chiqdi.

    “Mehnat va kurashda toblangan hayot onlarim” nomli xotiralar kitobida mashhur arxeolog akademikning mashaqqatli va sermazmun hayot yoʻli tasvirlangan.

    Muallif uzoq yillik umri davomida boshidan kechirgan sarguzashtlari bayon etilgan.

    Unda hayotda toʻgʻrisoʻz boʻlib yashashning naqadar qiyinligi, ulugʻ ustozlarning mehribonchiliklari, ilmning zahmatlari va uning yoʻlida uchragan toʻsiqlar, yaxshi insonlar koʻmagi hayotiy misollar asosida qalamga olingan.

    Kitobda zahmatkash, tinib-tinchimas olimning samarali mehnat faoliyati oʻz aksini topgan.