Mehnat vazirligi ishdan bo'shatish xavfi yuqori bo'lgan tarmoqlarni ma'lum qildi

    Ish joylarini yo'qotish xavfi mavjud hududlarni belgilashda mansabdor shaxslar karantin davridagi ma'lumotlarga tayanishdi.

    Ishchilarni ishdan bo'shatishning eng yuqori xavfi savdo, maishiy xizmat, ma'muriy va yordamchi ishlar, xizmat ko'rsatish va transport sohalarida qayd etildi, deb yozadi "Izvestiya", Rossiya Mehnat vazirligi ma'lumotlariga tayanib.

    Ish joylarini yo'qotish xavfi mavjud hududlarni belgilashda mansabdor shaxslar karantin davridagi ma'lumotlarga tayanishdi.

    Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, ishdan bo'shatilishi kutilayotgan xodimlarning umumiy soni ishlaydigan rossiyaliklarning 0,4 foizini tashkil qiladi.

    Ishdan bo'shatishning minimal xavfi logistika, konsal`ting, kimyo va yoqilg'i sanoatida, shuningdek metallurgiyada qayd etilgan.

    Avgust oyi boshida mamlakatning bandlik xizmatlari tomonidan 3,3 million ishsiz ro'yxatga olingan. Bir yil oldin bu ko'rsatkich atigi 0,7 million edi.