Mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama toʻlanadi

    Joriy yilda shifokor qabuliga navbatni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish, birlamchi boʻgʻindagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish reja qilingan.

    Oʻzbekistonda tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqib, samaradorlikka erishgan xodimlarga ustama toʻlash rejalashtirilmoqda. Bu – 2025-yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.

    Shuningdek, loyihada tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ham koʻzda tutilmoqda. Buni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

    Joriy yilda shifokor qabuliga navbatni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish, birlamchi boʻgʻindagi stomatologiya xizmatini autsorsing asosida xususiy sektorga berish reja qilingan.

    2025-yil 1-noyabrga qadar tibbiy sugʻurta mexanizmlari joriy qilinayotgan hududlarda retsept asosida beriladigan dori vositalarini elektron retsept tizimi asosida tayinlash amaliyoti yoʻlga qoʻyilishi mumkin.

    Viloyat darajasidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari boshqaruv, moliya va tashkiliy jihatdan zamonaviy koʻp tarmoqli klinikalar shaklida qayta tashkil etiladi.