Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining Matbuot kotibi — Axborot xizmati rahbari Bobur Toʻlaganov dastlabki surishtiruv maʼlumotlarini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, videodagi holat joriy yilning 5-avgust kuni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qizil-suv mahallasida joylashgan Mehribonlik uyi oromgohida (Chilonzor tumanidagi 22-sonli mehribonlik uyidan kelgan) tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sodir boʻlgan.
Oromgohga dam olishga kelgan 3 nafar (2008-y.t. S.X., D.I va V.L) tarbiyalanuvchilar oʻzaro janjallashgan va ushbu holatni boshqa bir tarbiyalanuvchi video tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Hozirda holat yuzasidan hududiy ichki ishlar boshqarmasi xodimalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.