Bu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi TIV rasmiy vakili bayonot berdi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning Vashingtondagi Elchixonasi zudlik bilan Meksikaning AQSHdagi Elchixonasi, Migratsiya milliy instituti va ushbu mamlakatning boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib bordi.

Natijada diplomatik missiya maʼlumotlariga koʻra, hozirga qadar barcha yurtdoshlarimiz qoʻyib yuborilgan va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Ularning hayotiga hech qanday tahdid yoʻq. Barcha fuqarolarimizning shaxsi aniqlangan.

Meksikalik hamkorlar bilan Oʻzbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.