Joriy yilning 24-iyunidan boshlab AQSH va Kanada stadionlarida boshlangan Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi – KONKAKAF chempionati kecha nihoyasiga yetdi.
Finalda Meksika va Panama termalari uchrashdi. Teng kurashlar ostida oʻtgan oʻyin taqdirini 88 daqiqada meksikalik futbolchi Ximenes kiritgan yagona gol hal etdi. Meksika oʻn ikkinchi bor KONKAKAF chempioni boʻldi.