“Bir oydan soʻng biz COVID-19 ga qarshi birinchi vaksinani tadqiqot protokoli doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri meksikaliklarda sinab koʻrish uchun olishimiz mumkin. Mamlakat Rossiyadan pereparatni sinovdan oʻtkazishning dastlabki ikki bosqichi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ham oladi”, dedi u.

Avvalroq, Meksika tashqi ishlar vaziri rasmiylar xalqaro COVAX tizimi orqali 18 ta vaksina olishni rejalashtirayotganini aytgandi.

Meksika hukumati Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Rossiya, Fransiya va AQSHda ishlab chiqarilayotgan vaksinalar boʻyicha muzokaralar olib bormoqda.