Oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.B. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.K.ning ishonchiga kirib, uni 30 000 AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini vaʼda qilib, 11 200 AQSH dollari va 50 mln soʻm pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.